Yangi agentlikka rahbar tayinlandi
O‘zbekiston
−
25 Mart 2019 7535 1 daqiqa
Hukumat qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga bosh direktor tayinlandi.
Agentlikka Nasriddin Ergashevich Najimov rahbarlik qiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy saytida ko‘rsatilishicha, Nasriddin Najimov shu paytga qadar vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jalik korxonalarini restrukturizatsiyalash agentligini boshqarib kelgan.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr