Masharipov “Gelik” sotib oldi
Sport
−
03 aprel 2025 16877 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eronning “Istiqlol” klubi vingeri Jaloliddin Masharipov Mersedes-Benz G-Class, ya’ni “Gelik” avtomobilini sotib oldi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Masharipov oq rangli “Gelik” suratini Instagram sahifasiga joyladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ulovning narxi taxminan 350 ming dollar turadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir a’zosi Abduqodir Husanovga asli qozog‘istonlik bo‘lgan o‘zbek futbol funksioneri Ulug‘bek Asanboyev ushbu qimmatbaho avtomobilni sovg‘a qilgandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr