Yakkasaroyda yirik kanalizatsiya quvuri yorilib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni Yakkasaroy tumanidagi “Beter best” MCHJ qurilish ob’ektida kanalizatsiya quvuriga shikast yetishi oqibatida yer o‘pirilishi holati kuzatildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hududdagi kanalizatsiya tarmog‘ida sodir bo‘lgan texnik nosozlik oqibatida quvurga shikast yetgan. Oqibatda yer qoplamasining qisman cho‘kishi va o‘pirilishi kuzatilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Tuman hokimligiga ko‘ra, ayni vaqtda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Voqea joyida shahar mas’ul mutasaddilari, tegishli kommunal xizmatlar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tezkor o‘rganish va tiklash ishlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanib, nosozlikni bartaraf etish, hududni xavfsiz holatga keltirish hamda bunday holatlarning takrorlanishining oldini olish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining Toshkent shahar Bektemir tumani hududidan o‘tgan qismi o‘pirilib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing