Özbekistondagi maşğulot maydoni ham Iroqdagi stadiondan ança yaxşi – Ayman Husayn

Sport

−

image

“Paxtakor” jamoasining iroqlik hujumçisi Ayman Husayn Elit Osiyo çempionlar ligasi doirasida “Eyr Fors”ga qarşi öyindan keyin Bağdoddagi stadion maydoni holatidan uyalganini bildirdi. Bu haqda Husayn “WinWin” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.

Uçraşuvda “Eyr Fors” 1:0 hisobida ğalaba qozondi. Yagona golni 69-daqiqada Sa’d Abdul-Amir kiritdi.

“Rostini aytsam, “Siti Interneşnl” stadioni maydoni holatidan çin dildan uyaldim. Keçagi maşğulot vaqtida “Paxtakor” futbolçilari maydonni qattiq tanqid qilişdi. Ular stadion yangi körinişda bölsa-da, maydon holati bunday ekanidan afsuslanişdi”, deydi Husayn.

Uning sözlariga köra, “Paxtakor” futbolçilari undan Iroqda aynan şu maydonda öynaşlari yoki yöqligi va uning nega bunday holatda ekanini söragan.

“Men ularga Iroq çempionatida haftasiga törtta öyin ötkazilişi sababli maydon holati yomonlaşganini aytdim. Aslida, u bundan ança yaxşi bölişi mumkin”, deya qöşimça qildi futbolçi.

Husayn Özbekistondagi maşğulot maydonlari Bağdoddagi stadion maydonidan ança yaxşi ekanini ham ta’kidladi.

“Özbekistondagi maşğulot maydoni ham “Al-Madina” xalqaro stadionidan ança yaxşi. “Paxtakor” futbolçilariga Iroq terma jamoasi Basra xalqaro stadionida öynaşini, u yerdagi maysa ideal holatda ekanini aytdim. Uşbu uçraşuv ham öşa stadionda ötkazilişini istagandim”, deydi Husayn.

Ma’lumot uçun, Ayman Husayn “Paxtakor” safida hozirgaça 10 ta uçraşuvda maydonga tuşib, bir gol urgan va bir golli uzatmani amalga oşirgan. U Osiyo çempionlar ligasi elit bosqiçida esa uçta öyinda iştirok etib, hozirça gol ura olmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing