Özbekistonda uran işlab çiqariş ikki baravar oşiriladi

Jamiyat

−

image

Özbekistonda 2030 yilgaça uran işlab çiqariş hajmini joriy yildagi 7,5 ming tonnadan 15 ming tonnaga, aniqlangan zaxiralar hajmini esa 200 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 5 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan “Navoiyuran” korxonasi va “Özbekiston texnologik metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2026 yildagi ustuvor vazifalari hamda kelgusi rejalari yuzasidan taqdimotda söz boradi.

Qayd etilişiça, taqdimotda dastlab “Özbekiston texnologik metallar kombinati” faoliyati va uni rivojlantiriş rejalari körib çiqilgan. Kombinatda geologiya-qidiruvdan tortib, qazib oliş, boyitiş, çuqur qayta işlaş va tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan töliq texnologik zanjirni şakllantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar 12 ta investitsiya loyihasini işga tuşiriş, mahalliylaştirilgan mahsulotlar turini köpaytiriş, yuqori soflikdagi selen va tellur işlab çiqarişni kengaytiriş rejalaştirilgan.

Davlat rahbari muhim minerallar böyiça istiqbolli loyihalarni tezlaştirib, mavjud 5 turdagi mahsulotga (volfram, molibden, selen, tellur, reniy) qöşimça ravişda yana 11 turdagi mahsulot (nikel, kobalt, grafit, surma, qalay, marganets, platina, vanadiy, simob va mis) işlab çiqarişni özlaştiriş vazifasini qöygan. Şuningdek, sohaga ilm-fan yutuqlarini keng jalb etib, qöşimça mineral zaxiralarni aniqlaş muhimligi ta’kidlangan.

Rejaga köra, 2030 yilgaça 16 turdagi muhim metallar böyiça işlab çiqariş hajmini 2,7 milliard dollardan oşiriş közda tutilmoqda.

Ayniqsa, volframni çuqur qayta işlaş böyiça yirik loyihalar işlab çiqilgan. Ularni amalga oşiriş uçun 1,1 milliard dollar investitsiya jalb qiliş, 2030 yilga borib, uşbu yönalişda işlab çiqariş hajmini qariyb 2,2 milliard dollarga yetkaziş möljallangan.

Şuningdek, noyob va kamyob yer elementlariga boy istiqbolli maydonlarni özlaştiriş, kombinatning resurs bazasini kengaytiriş va investitsiya loyihalarini jadallaştiriş yuzasidan takliflar körib çiqilgan.

Taqdimotda “Navoiyuran” korxonasining joriy yildagi faoliyati va işlab çiqarişni rivojlantiriş rejalari ham muhokama qilingan.

Sönggi yillarda jahon bozorida uran xomaşyosiga talab 15-20 foizga oşgan. 2030 yilgaça esa yana 28 foizga ösişi kutilmoqda.

Bunday şaroitda mamlakatda uran qazib oliş hajmini köpaytiriş, yangi konlarni özlaştiriş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş va uran sanoatini zarur resurslar bilan barqaror ta’minlaş muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Şu maqsadda joriy yilda geologiya-qidiruv va texnologik burğilaş işlarini kengaytiriş, işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş, qöşimça sorbsiya qurilmalarini işga tuşiriş hamda 250 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan.

Korxonaning işlab çiqariş hajmlarini oşirişda zarur kimyoviy reagentlar ta’minoti muhim örin tutadi. Şu bois, mahalliy sanoat korxonalari örtasidagi kooperatsiyani kuçaytiriş, texnik oltingugurt, sulfat va nitrat kislotasini yetkazib beriş hajmlarini köpaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan axborot berilgan.

Prezident işlab çiqarişda muqobil texnologiyalardan foydalanişni kengaytiriş, 2030 yilgaça sulfat kislotasi örnini bosuvçi reagentlar uluşini 40 foizga yetkaziş zarurligini qayd etgan.

Umuman, uşbu çora-tadbirlar va yangi işlab çiqariş quvvatlari hisobiga 2030 yilgaça uran işlab çiqariş hajmini joriy yildagi 7,5 ming tonnadan 15 ming tonnaga, aniqlangan zaxiralar hajmini esa 200 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilmoqda.

Taqdimot yakunida mutasaddilarga investitsiya loyihalarini öz vaqtida amalga oşiriş, korxonalarning mineral-xomaşyo bazasini mustahkamlaş, yangi texnologik quvvatlarni işga tuşiriş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş va eksport hajmini oşiriş yuzasidan tegişli topşiriqlar berilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing