O‘zbekistonda 1 yilda qancha nikoh qayd etildi?

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda 2025 yil davomida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (FHDYO) 267 131 ta nikoh qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Nikohlarning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

  • Samarqand viloyati – 31,7 mingta;
  • Farg‘ona viloyati – 28,9 mingta;
  • Qashqadaryo viloyati – 28,9 mingta;
  • Toshkent shahri – 23,1 mingta;
  • Andijon viloyati – 23 mingta;
  • Surxondaryo viloyati – 22,8 mingta;
  • Namangan viloyati – 22 mingta;
  • Toshkent viloyati – 19,1 mingta;
  • Xorazm viloyati – 15,3 mingta;
  • Buxoro viloyati – 14,9 mingta;
  • Qoraqalpog‘iston – 12,2 mingta;
  • Jizzax viloyati – 11,1 mingta;
  • Navoiy viloyati – 7,3 mingta;
  • Sirdaryo viloyati – 6,8 mingta. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 37 544 ta nikoh bekor qilingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing