Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Olam

image

O‘zbekiston Janubiy Amerikadagi Surinam davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

AQSHning Nyu-York shahrida ikki mamlakatning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakillari Ulug‘bek Lapasov hamda Sunil Algram Sitaldin tegishli kommyunikeni imzoladi. Shu tariqa Surinam O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan 158-davlat bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Surinam Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohilidagi kichik davlat. U keng tropik o‘rmonlari, me’morchiligi va turli milliy an’analarning ajoyib aralashmasi bo‘lgan madaniyati bilan mashhur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish haqidagi qo‘shma kommyunike imzolangandi. Uchrashuvda siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning ikki mamlakat uchun ham manfaatli tomonlarini topish maqsadida o‘zaro aloqalarni oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Janubiy Amerika Ulug'bek Lapasov Sunil Algram Sitaldin Surinam diplomatik munosabatlar qo'shma kommyunike

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing