Hormuz yopilsa, Özbekistonning yöli bor!

Tahlil

−

Reklama
0:00

Yaqindagina, dunyoning eng nufuzli musulmonlar röyhatiga kirgan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Ummon Sultonligiga bordi.  Özbekiston Prezidenti bortini Ummon qiruvçi samolyotlari kuzatib bordi. Masqat xalqaro aeroportida prezidentni şaxsan Ummon sultoni Haysam bin Toriq al-Saidning özi kutib oldi.

Alohida ta’kidlaş joizki, Özbekiston Prezidenti 2025 yilning yakunida Oliy Majlis palatalari va xalqqa yöllagan murojaatnomasida joriy yil uçun aynan Ummon bilan aloqalarni yölga qöyiş va taşriflar almaşinuvini boşlaş rejasi haqida gapirgan edi va yil oxirlaganda esa reja natijaga aylandi. 

Xöş, dunyodagi eng tinç, boy va nizolarga aralaşmaydigan Ummon xalqaro kuçlar örtasida pragmatik va köp vektorli siyosat yölini tanlagan Özbekiston uçun nimasi bilan muhim. Bugun şu haqda gaplaşamiz. 

Ummon – Hind okeaniga çiqiş darvozasi

Özbekiston – dunyo okeaniga çiqiş uçun ikkita davlat çegarasini kesib ötişi kerak bölgan kam sonli mamlakatlardan biri hisoblanadi. Hozirgi geosiyosiy beqarorlik davrida şimoliy va ğarbiy yölaklarda muammolar köp. Ummon esa Hind okeani va Arabiston dengizi böyida joylaşgan strategik portlarga (Salala, Duqm, Suhor) ega. Toşkent uçun Ummon – Eron yoki Transafğon yölagi orqali jahon okeaniga çiqişdagi eng muhim “darvoza”lardan biri.

Ummonning logistika nuqtai nazaridan ahamiyati faqat Hormuz böğoziga yaqinligi bilan çeklanmaydi. Mamlakatning Salala, Duqm va Suhor kabi yirik portlari xalqaro dengiz savdosida muhim örin tutadi. Ayniqsa, Duqm va Salala portlarining Arab dengiziga, Hormuz böğozidan taşqariga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati borligi ularni mintaqadagi boşqa portlardan ajratib turadi. Bu esa Fors körfazidagi keskinlik yoki Hormuz böğozidagi ehtimoliy uzilişlar şaroitida muqobil dengiz yönalişlarini ta’minlaşda muhim bölişi mumkin.

Özbekiston taşqi savdoda boşqa davlatlarning transport infratuzilmasi, bojxona tartiblari va tranzit siyosatiga boğliq. Prezident Şavkat Mirziyoyev ham BMTning Dengizga çiqiş imkoniyati bölmagan rivojlanayotgan davlatlar böyiça konferensiyasidagi nutqida eng yaqin dengiz portlari qariyb 3 ming kilometr uzoqlikda ekanini, yuqori tariflar va transport yölaklarining çeklangan imkoniyatlari eksportga tösqinlik qilayotganini ta’kidlagan.

Şu nuqtai nazardan, Ummon portlari Özbekiston uçun yangi transport-logistika imkoniyatlarini oçişi mumkin. Xususan, Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon yönalişi orqali Markaziy Osiyo yuklarini Arabiston yarimorolidagi portlarga yetkaziş va u yerdan Hind okeani orqali boşqa xalqaro bozorlarga olib çiqiş imkoniyati körib çiqilmoqda. 2026 yil fevral oyida ikki davlat transport idoralari Aşxobod kelişuvi doirasida aynan şu yönalişdagi hamkorlik, yuk oqimini oşiriş va Salala, Suhor hamda Duqm portlaridan foydalaniş masalalarini muhokama qilgan.

Bunday hamkorlik Özbekiston uçun bir neçta jihatdan muhim. Birinçidan, eksportçilar uçun yangi dengiz savdo yönalişlari paydo böladi. Ikkinçidan, mamlakatning faqat Rossiya yoki boşqa an’anaviy tranzit yölaklariga boğliqligini kamaytiriş imkoniyati yuzaga keladi. Uçinçidan, Hindiston, Janubi-şarqiy Osiyo, Afrika va Fors körfazi bozorlariga çiqiş uçun qöşimça logistika imkoniyatlari yaratiladi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) ham Özbekiston uçun transport yönalişlarini diversifikatsiya qiliş, xususan, Transkaspiy, Eron va Transafğon yölaklarini rivojlantirişni muhim vazifa sifatida körsatadi.

Biroq bu yönaliş hozirça tayyor va töliq işlayotgan transport koridori emas. Uning samaradorligi Turkmaniston va Eron orqali tranzit şartlari, bojxona tartiblari, tariflar, infratuzilma va xalqaro siyosiy vaziyatga boğliq. Ayniqsa, Eron bilan boğliq sanksiyalar va mintaqadagi xavfsizlik muammolari uşbu yönalişning imkoniyatlarini çeklaşi mumkin.

Özbekiston mahsulotlari uçun yangi bozor

Hamkorlikning yana bir yönalişi – oziq-ovqat savdosi. Ummonning qişloq xöjaligi imkoniyatlari çeklanganligi sababli mamlakat oziq-ovqat importiga tayanadi. Özbekiston esa meva-sabzavot, quritilgan mevalar, yonğoq va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beriş orqali uşbu bozorda öz örnini kengaytirişi mumkin.

Ikki mamlakat örtasidagi muzokaralarda ham özbek mahsulotlarini yangi bozorlarga olib çiqiş, Ummon portlarining logistika imkoniyatlaridan foydalaniş va savdodagi texnik tösiqlarni kamaytiriş masalalari kötarilgan. Bu esa hamkorlikning faqat investitsiyalar bilan çeklanmay, özbek işlab çiqaruvçilari va eksportçilari uçun ham yangi imkoniyatlar yaratişi mumkinligini anglatadi.

Özbekiston va Ummon örtasidagi iqtisodiy aloqalar hozirça ikki davlatning imkoniyatlariga mos darajada emas. Masalan, 2025 yilda mamlakatlar örtasidagi özaro savdo hajmi atigi 2,3 million dollarni taşkil etgan. 2026 yilning yanvar – sentyabr oylarida esa bu körsatkiç 70 foizdan köproqqa oşib, 3,3 million dollarga yetgan. Şunga qaramay, tomonlar yaqin yillarda özaro savdo hajmini 500 million dollarga yetkazişni maqsad qilgan.

Şu nuqtai nazardan, Şavkat Mirziyoyevning Ummonga davlat taşrifi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun muhim imkoniyat böldi. 17 noyabr kuni Masqatda ötkazilgan Özbekiston – Ummon biznes-forumida ikki davlat örtasida 20 dan ortiq bitim va loyiha hujjatlari imzolandi. Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ularning umumiy qiymatini qariyb 5 milliard dollarga baholagan. Kelişuvlar energetika, sanoat, toğ-kon sanoati, logistika, qişloq xöjaligi, quriliş va raqamli texnologiyalarni qamrab oladi.

Bu hamkorlikning muhim jihati şundaki, Ummon kapitali Özbekiston iqtisodiyotiga allaqaçon kirib kelgan. Ummon Investitsiya boşqarmasining Özbekistondagi investitsiya portfeli 510 million dollarga baholangan. Ikki mamlakatning qöşma investitsiya kompaniyasi orqali 12 ta loyiha yakunlangan, yana 16 tasi amalga oşirilmoqda. Tomonlar uşbu qöşma kompaniyaning ustav kapitalini ikki barobar oşirib, 500 million dollarga yetkaziş masalasini ham körib çiqmoqda.

Prezidentning Ummon yirik biznes vakillari bilan uçraşuvida ham aynan şu masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat tadbirkorlari örtasida töğridan töğri aloqalarni yölga qöyiş uçun Özbekiston – Ummon işbilarmonlar kengaşini taşkil etiş muhimligi ta’kidlandi. Şuningdek, kelişuvlar ijrosini nazorat qiliş va yangi loyihalarni amalga oşiriş uçun qöşma işçi guruh tuziş, uning faoliyatini har çorakda körib borişga kelişildi.

Savdo aloqalarini kengaytiriş uçun ham muayyan qadamlar taşlanmoqda. Jumladan, tomonlar imtiyozli savdo bitimi ustida işlamoqda. Özbekiston dastlabki bosqiçda 200 ta tovar pozitsiyasi böyiça bojxona imtiyozlarini muhokama qilişni taklif qilgan. Özbekiston Ummon bozoriga meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari, mis, alyuminiy, töqimaçilik, elektrotexnika va kimyo mahsulotlarini eksport qilişdan manfaatdor. Ummon esa Özbekistonga dengiz mahsulotlari, polimerlar, neft mahsulotlari va alyuminiy yetkazib beriş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.

Yana bir muhim jihat – transport aloqalari. 2026 yil iyul oyida Masqat va Toşkent örtasida Oman Air aviakompaniyasining töğridan töğri reyslari yölga qöyildi. Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oşirilmoqda. Bundan taşqari, Ummonning Asyad Group kompaniyasi va özbekistonlik hamkorlar Toşkentdagi ikkita logistika kompaniyasida nazorat uluşlarini qölga kiritgan. Bu hamkorlik faqat tovar ayirboşlaş bilan çeklanmay, transport infratuzilmasi va logistika xizmatlariga ham kirib borayotganini körsatadi.

Özbekiston va Ummon örtasida vizasiz rejim joriy qilinadi

Özbekiston va Ummon strategik şerik böldi. 17 noyabr kuni Masqat şahrida ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi.  Şuningdek, tomonlar 30 dan ortiq ikki tomonlama hujjatni almaşdi. Ular orasida fuqarolarning özaro safarlari uçun vizadan ozod qiliş, sanoat kooperatsiyasi, moliya va iqtisodiyot, imtiyozli savdo, erkin iqtisodiy zonalar hamda bojxona masalalariga oid kelişuvlar bor.

Hujjatlar transport va logistika, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari, uy-joy va şaharsozlik, qişloq xöjaligi hamda oziq-ovqat xavfsizligi yönalişlarini ham qamrab olgan.

Bundan taşqari, soğliqni saqlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, mehnat va inson resurslari, ta’lim, madaniyat va sport, davlat boşqaruvi va davlat xizmati, arxiv işi hamda boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan hujjatlar ham almaşildi. Endi kelişuv kuçga kirgaç, Özbekiston fuqarolari ham Ummonga vizasiz borişi mumkin böladi.

Fors körfazining “tinçlik oroli”

Siyosiy jihatdan Ummon Sultonligi şunçaki boy davlat emas, balki jahon diplomatiyasida öziga xos “siyosiy oğirlik”ka va yuksak obröga ega mamlakat. Uning obrösi baland ovozdagi bayonotlar yoki harbiy kuçga emas, balki mutlaqo boşqa omillarga tayanadi: Ummon – butun mintaqada heç bir harbiy yoki siyosiy blokka qöşilmagan yagona neytral davlat. U bir vaqtning özida ham AQŞ va Buyuk Britaniya, ham Eron, ham Saudiya Arabistoni, ham Isroil bilan işonçli aloqalarni saqlab qola olgan. Dunyoning eng yirik davlatlari örtasidagi maxfiy va eng qiyin muzokaralar aynan Masqatda, Ummon vositaçiligida ötkaziladi. Şunday davlat rahbari bilan yaqin munosabat örnatiş Toşkent uçun xalqaro diplomatik maydonda katta ustunlik beradi.

Qöşni arab davlatlarida tartibsizliklar bölib turgan bir paytda, Ummon yarim asrdan beri eng tinç, korrupsiya darajasi past va içki siyosati öta barqaror davlat sifatida tanilgan. Bu uning xalqaro reytinglardagi obrösini va sözining qadrini oşiradi.

Özbekiston sönggi yillarda özini Markaziy Osiyoda tinçlikparvar va muloqot maydoni sifatida körsatmoqda. Ummon esa Yaqin Şarqda xuddi şu vazifani bajaradi. Ikki “vositaçi va tinçlikparvar” davlatning yaqinlaşuvi Özbekistonning taşqi siyosatdagi mustaqilligi va obrösini yanada mustahkamlaşi mumkin. Ya’ni Toşkent faqat yirik geosiyosiy öyinçilarga boğlanib qolmay, nufuzli musulmon dunyosi markazlari bilan ham teng huquqli aloqalar örnatişga intilayotganini körsatadi.

Ummon Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşining (GCC) tölaqonli a’zosi. Bu kengaşda qarorlar konsensus, ya’ni barça a’zolarning roziligi asosida qabul qilinadi. Masqatning qöllab-quvvatlaşi Özbekiston uçun butun Körfaz mintaqasi bilan munosabatlarda muhim diplomatik imkoniyatlar yaratişi mumkin.

Xullosa aytganda, Ummon bilan yaqinlaşiş – bu şunçaki “puli bor davlat bilan kelişiş” emas, balki xalqaro maydonda sözi ötadigan, obröli va muhim diplomatik hamkorlardan biri bilan munosabatlarni mustahkamlaş demakdir.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing