O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda yashin urishi oqibatida vafot etdi (video)
3-sahifa
−
28 iyun
8287Qozog‘istonning Atirau viloyati Miyali qishlog‘ida o‘zbekistonlik yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joriy yilning 25 iyun kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Yashin Usenov ko‘chasidagi qarovsiz uyga tushib, yong‘in sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, chaqmoq urgan vaqtda uy ichkarisida O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lgan. U bu vaqtda qarovsiz uyning oshxonasida bo‘lgan.
Ushbu o‘zbekistonlik 2024 yil 28 may kuni “Beyneu” chegara posti orqali Qozog‘istonga kirib kelgan va Miyali qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida vaqtincha ro‘yxatga olingan.
“Jasadni ko‘zdan kechirish chog‘ida tan jarohatlari aniqlanmagan. Jasad sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun tuman shifoxonasining o‘likxonasiga topshirildi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda yashin urishi va yomg‘ir oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi