O‘zbekiston elektromobillarni yig‘imdan ozod qildi

Jamiyat

−

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qonun bilan Soliq kodeksining 459- moddasi (Soliq imtiyozlari) ga o‘zgartirish kiritildi.

O‘zgarishlarga muvofiq, 459-modda 9-band bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, faqat elektrmotor bilan harakatga keltiriladigan avtotransport vositalarini sotib olgan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirganlar yig‘imdan ozod qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning 7 oyida qiymati 7,7 mln. AQSH dollariga 432 ta elektromobil import qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing