O‘zbekiston bu yil qancha oltin sotdi?
Jamiyat
−
23 noyabr 2024 10836 1 daqiqa
O‘n oy ichida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 54,36 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 6,7 foizga oshgan. Bunga eksportning sezilarli o‘sishi (22,42 mlrd dollar, +9,6 foiz), shuningdek, importning o‘sishi (31,92 mlrd dollar, +4,7 foiz) sabab bo‘lgan.
“Oktyabr oyining o‘zida O‘zbekiston 833,4 million dollarlik oltin sotdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metall eksporti hajmi 6,6 mlrd dollardan oshdi (yillik ko‘rsatkichda 3,5 foizga pasayish)”, deyiladi hisobotda.
Oltindan tashqari, sanoat mollari tovar eksportining asosiy qismi bo‘lib qolmoqda. Yil boshidan buyon ularni yetkazib berishdan tushgan tushum 3,4 mlrd dollarga (+0,8 foiz) yetgan.
Muhammad Hodiyev
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust