Ukrainada fransuz harbiylari maxfiy ravişda işlayapti – RFI

Olam

−

image

Ukrainada joriy yilning yozidan buyon Fransiya harbiy missiyasi maxfiy ravişda faoliyat olib bormoqda. Volia (“Iroda”) deb nomlangan missiyaga fransuz generali rahbarlik qilmoqda. Bu haqda bir neçta manbalarga tayanib, Fransiya xalqaro radiosi (RFI) xabar berdi.

RFI ma’lumotlariga köra, Fransiya harbiy xizmatçilari jangovar harakatlarda iştirok etmaydi, balki ukrainalik askarlarni öqitiş va uskunalarga texnik xizmat körsatiş bilan şuğullanadi. Qayd etilişiça, Parij Ukrainaga yuborgan ilğor qurol-yaroğ tizimlariga (CAESAR öziyurar artilleriya qurilmalari, Mirage 2000 qiruvçi samolyotlari, yuqori aniqlikdagi raketalar) xizmat körsatiş va ularni ta’mirlaş katta tajriba talab etadi, biroq uruş holatida bölgan mamlakatga fuqarolik mutaxassislarini yubormaslikka qaror qilingan. Şu sababli harbiylar jönatilgan.

RFI suhbatdoşlarining sözlariga köra, missiyaga “qisqa muddatli vazifalarni bajariş uçun kiçik guruhlar”dan iborat “yengil va modulli” kontingent jalb etilgan. Radio xavfsizlik nuqtai nazaridan Ukrainada Fransiya armiyasining aynan qaysi bölinmalari faoliyat yuritayotganini oşkor qilmagan.

Manbalarning aytişiça, Ukrainadagi fransuz harbiylari iştirokining maxfiyligini ta’minlaş uçun niqob sifatida Gerfaut (“Jerfo”) missiyasidan foydalanişga qaror qilingan. Rasman e’lon qilingan uşbu missiya 2023 yil fevral oyidan buyon Polşa hududida faoliyat yuritmoqda va uning maqsadi Ukraina Qurolli kuçlari harbiy xizmatçilarini öqitişdan iborat. RFI suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, Ukrainaga yuborilayotgan fransuz harbiylaridan “Polşaga ketayotganliklarini aytiş söraladi”.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing