Turki Al ash-Shayx Fyurini Joshua bilan jang qilishini xohlayapti
Sport
−
25 fevral
1698Saudiya Arabistoni Ko‘ngilochar ishlar boshqarmasi raisi Turki Al ash-Shayx og‘ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Tayson Fyurining boksga qaytishiga umid qilmoqda, Bu haqda ash-Shayx “The Ring”jurnaliga bergan intervyusida aytdi.
“Men Joshuaning Tayson Fyuri bilan to‘qnash kelishini xohlayman. Men Fyuri bilan suhbatlashdim, lekin boks haqida emas. Men uning sog‘lig‘i va oilasi haqida so‘radim. Tayson, ehtimol, boksga qaytadi. Umid qilamanki, shunday bo‘ladi”, deydi Al ash-Shayx.
Fyurining so‘nggi jangi 2024 yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tgan. Uning raqibi superog‘ir vaznda boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan ukrainalik Aleksandr Usik bo‘ldi. Jang bir ovozdan Usikning g‘alabasi bilan yakunlandi. Biroz vaqt o‘tgach Tayson professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
LiveBarchasi