Tuxeldan keyin “Bavariya”ni kim boshqaradi?
Sport
−
15 Sentyabr 2023 4317 1 daqiqa
Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso “Bavariya” klubining bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Bavariya”ga Tomas Tuxeldan keyin yangi murabbiy kerak bo‘lishi bilanoq, Alonso nomzodlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda bo‘ladi.

“Bavariya” boshliqlari ispaniyalik murabbiyning faoliyatiga ijobiy qaraydi. Karl-Xayns Rummenigge Alonso haqida ijobiy taassurotda.
Myunxen klubi boshliqlari himoyachi Yosip Stanishichni Alonso ustozlik qiladigan “Bayer”ga ijaraga berdi. Ular Stanishichni Xabi qo‘l ostida yetuk futbolchi bo‘lishiga ishonmoqda.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr