Toshkentda 3 oylik farzandini sotayotgan ona qo‘lga olindi
O‘zbekiston
−
28 Iyul 2020 12894 1 daqiqa
Toshkent shahrida 3 oylik farzandini pullayotgan ona qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
IIBBga murojaat qilgan ayol Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Natalya F. o‘zining 3 oylik bolasini 5 ming AQSH dollariga sotayotganini ma’lum qilgan.
Shu asosda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Natalya F. u bilan birga yashovchi 24 yoshli Aleksandr Z. chaqaloq evaziga pul olayotganlarida qo‘lga olindi.

To‘plangan materiallar qonuniy choralar ko‘rilishi uchun Yunusobod tumani prokuraturasiga topshirildi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr