TATUga yangi rektor tayinlandi
Jamiyat
−
09 oktabr 2020 12466 1 daqiqa
Sarvar Najimovich Babaxo‘jayev Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Sarvar Babaxo‘jayev bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
TATU rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan To‘lqin Zakirovich Teshabayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust