Ta’lim va ilm-fan vazirligida beshta rahbarlik lavozimiga tayinlov bo‘ldi
Jamiyat
−
18:54 2729 1 daqiqa
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tizimida beshta rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi. Xususan, Manuchehr Mirzayev, Inatillo Nematov, Farrux G‘aybullayev, Kadrbay Bekturdiyev va Farruxjon Fayziyev yangi lavozimlarni egalladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Inatillo Nematov Ta’lim va ilm-fan vazirligi apparati rahbari etib tayinlandi.

Farrux G‘aybullayev vazirlikning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Kadrbay Bekturdiyev Ta’lim va ilm-fan vazirligining Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Farruxjon Fayziyev esa vazirlikning Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Manuchehr Mirzayev vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti rahbari etib tayinlandi.

U ushbu tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Manuchehr Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ham ishlagan.
Shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi