Davlat stipendiyalari uchun imtihon natijalari e’lon qilindi

Jamiyat

−

image

2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalarning maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun test sinovlari joriy yilning 10 oktyabr kuni o‘tkazilgan. Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan.

Talabgorlar O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlaridan sinov topshirgan.

Test natijalarini talabgorlar my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali tekshirishlari mumkin.

Natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar ertaga, 20 oktyabr kuni soat 10:00 ga qadar shu tizim orqali apellyatsiya arizasini yuborishlari mumkin. Arizada aynan qaysi fan va qaysi savol bo‘yicha natijadan norozi ekanlik aniq ko‘rsatilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025–2026 o‘quv yilida O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1,5 million nafar bo‘lib, ular orasida eng ko‘pini 19 yoshlilar tashkil qilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing