“Siti” Premer-ligadan chetlatilishi mumkin
Sport
−
18:06 595 1 daqiqa
“Manchester Siti” moliyaviy qoidalarni buzganlik bo‘yicha mustaqil komissiya qaroridan norozi bo‘lib, apellyatsiya berdi. Agar klub apellyatsiyada mag‘lub bo‘lsa, jamoa Premer-ligadan chetlatilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Dunkan Kaslzga tayanib, “The Touchline” nashri xabar berdi.
Klub bu qoidabuzarliklar bo‘yicha o‘zini aybsiz deb hisoblamoqda va hozirda qaror yuzasidan apellyatsiya bergan. Agar “Manchester Siti” apellyatsiyada mag‘lub bo‘lsa, klubga nisbatan jiddiy jazo choralari qo‘llanishi mumkin. Ular orasida “shaharliklar”ni nafaqat Premer-ligadan chetlatish, balki Angliya Futbol Ligasi musobaqalarida ishtirok etishini ham taqiqlash ssenariysi bor. Angliya Futbol ligasi Chempionship, Liga 1 va Liga 2 musobaqalarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, klubning amaldagi egalari – Abu-Dabi sarmoyadorlarini “Manchester Siti” boshqaruvidan chetlatish g‘oyasi ham muhokama qilinmoqda. Ayni paytda ushbu ehtimoliy jazo choralari apellyatsiya natijasiga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliya Premer-ligasi “Manchester Siti” klubi 2009-2010 yilgi mavsumdan 2017-2018 yilgi mavsumgacha bo‘lgan davrda liganing moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq barcha ayblov bandlari, shuningdek, liga tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv bilan hamkorlik qilishni istamagani bilan bog‘liq ayblovlarning aksariyati bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi