Shveysariyadagi qishloqqa ko‘chganlarga katta pul va’da qilinmoqda

Olam

image

Janubi-g‘arbiy Shveysariyada joylashgan Albinen qishlog‘iga ko‘chib kelgan har bir odamga 20 ming Shveysariya franki (taxminan 310 mln so‘m)  va’da qilindi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tashabbus mintaqada davom etayotgan aholining kamayishi muammosiga qarshi kurashishga qaratilgan. Holiday Pirates turistik portali ma’lumotiga ko‘ra, oilalar har bir bola uchun qo‘shimcha 10 ming frank (taxminan 155 mln so‘m) olishlari mumkin.

Biroq bu taklifning ham o‘ziga xos shartlari bor. Avvalo, yangi aholi qishloqda uy sotib olishi kerak, ularning narxi esa 200 ming Shveysariya frankigacha (ya’ni taxminan 3 mlrd 100 mln so‘m) bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, dasturga ariza beruvchi odam 45 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak.

Eng asosiy shart esa – Albinenda kamida 10 yil yashash va oxir-oqibat Shveysariya fuqaroligini olishdir. Faqatgina shunda ko‘chib keluvchilarga va’da qilingan to‘lovlar amalga oshiriladi.

Aytilishicha, bunday uslubdan foydalanayotgan yagona mamlakat Shveysariya emas. Masalan, Italiya ham yangi aholini jalb qilish uchun pul mukofotlarini taklif qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sharqiy Germaniyada joylashgan Ayzenxyuttenshtadt shaharchasi aholisi sonini oshirish maqsadida yangi ko‘chib keluvchilarga ikki haftalik bepul turarjoy taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shveytsariya Al'binen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing