Sardoba suv toshqini talafotlarini bartaraf etishda qancha harbiy ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
01 iyun 2020
7647Sardoba suv toshqini talafotlarini bartaraf etishda 8 965 nafar harbiy jalb etildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov ma’lum qilindi.
Zulfiqorovning ma’lum qilishicha, Sardoba suv omborining devori buzilishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini talafotlarini bartaraf etishda quyidagi ishlar qilingan:
– Harbiy topograflar zarar yetgan hududlarning 20 turdan ortiq xaritalarini, 1000 ga yaqin kosmik va aerofotosuratlarini tayyorladi.
– Hozirda 5 ta aholi punktida (Qo‘rg‘ontepa, Yurtdosh, Do‘stlik, Shodlik va Xaqiqat) 1 753 ta xonadondan qurilish chiqindilari, loy qatlamlari olib chiqildi. Buning uchun 8 965 nafar harbiy jalb etildi.
– Mavsum boshidan nobud bo‘lgan yovvoyi va uy hayvonlari 6 111 tani tashkil etib, ular 8 ta hayvonlar qabristoniga ko‘milgan.
– 13 ta aholi punktida (Saxovat, Nayman, Sirg‘ali, Ittifoq, Katta Bobur, Zominlik, Yangiovul, Temir yo‘lchilar, Barlos, Quvonsiyroq, Solin, Do‘ngariq va Choljovut) tozalash ishlari to‘liq yakunlandi.
– Mavsum boshidan 42 183 ob’ektda jami 18 mln kvadrat metr hududda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan.
– Aholining sog‘ligini saqlash maqsadida yuqumli kasalliklarni aniqlash bo‘yicha 200 ga yaqin laboratoriya tahlillari o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu falokat bo‘yicha tergov jarayoni ketmoqda. Ma’lum qilinishicha, shu ish bo‘yicha 2 kishi qamoqqa olingan.
LiveBarchasi