Rossiya hujumida yo‘q qilingan dunyoning eng katta samolyoti suratlari tarqaldi

Olam

−

image

Rossiya ommaviy axborot vositalarida joriy yilning 28 fevral kuni Ukrainada Rossiya armiyasining zarbasi natijasida yo‘q qilingan dunyodagi eng yirik An-225 “Mriya” (“Orzu”) yuk samolyotining vayron bo‘lgan holati aks etgan suratlarni tarqatdi.  

Samolyot Gostomel shahri yaqinidagi Antonov aeroportining angarida bo‘lgan. 

Dunyodagi eng katta layner AN-225 Sovet Ittifoqi davrida Ukrainada bir nusxada yaratilgan. 

Qayd etishicha, samolyotni rekonstruksiya qilish uchun “taxminan 3 milliard dollar va besh yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi”. 

An-225 "Mriya" – bu qo‘shimcha katta yukka ega bo‘lgan og‘ir uzoq masofali turbojetli transport samolyoti. U 1980 yillarda ishlab chiqarilgan. Dunyodagi eng katta va eng og‘ir yuk samolyoti sanalar edi. 

An-225 "Mriya"ning birinchi parvozi 1988 yil 21 dekabrda amalga oshirilgan, u 1989 yildan beri amalda. Faqat bitta nusxasi ishlab chiqarilgan, ikkinchisi esa tugallanmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

1629

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing