Nitssadagi terakt bo‘yicha so‘nggi tafsilotlar ma’lum qilindi
Olam
−
03 noyabr 2020 7370 1 daqiqa
Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Nitssa shahridagi Notr-Dam soboriga qilingan hujumga oid tergov doirasida yana to‘rt kishini hibsga oldi. Bu haqda France-Press (AFP) xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, hibsga olishlar Val-d'Uaz departamentida (Il-de-Frans poytaxt viloyati) amalga oshirilgan. Hibsga olinganlardan biri – 29 yoshli erkak – jinoyatchi bilan aloqada bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Yana uch kishi uning kvartirasida hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni ertalab pichoq bilan qurollangan 21 yoshli tunislik Fransiyaning Nitssa shahridagi Notr-Dam ibodatxonasiga hujum qildi. Hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va tajovuzkor qo‘lga olindi. Voqeani tergov qilish Fransiyaning Milliy aksilterror prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr