Nigeriyadagi to‘qnashuvlarda kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Nigeriyaning shimoli-g‘arbidagi Niger shtatida raqib jamoalar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat politsiyasi xabar qildi

Politsiya vakili Vasiu Abiodunning bildirishicha, zo‘ravonlik 29 kuni Rafi mahalliy hokimligiga qarashli Tegina tumanida qurollangan shaxslar “Fulani” jamoasi vakilini o‘ldirishi ortidan boshlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ertasi kuni ushbu hujumga javob sifatida bir guruh shaxslar kamuku jamoasi a’zolariga hujum qilgan.

Mahalliy parlament a’zosi Muhammad Adamu Kaboning ta’kidlashicha, mojaro boshqa deputatlar saylov okruglarida aholiga pul tarqatganidan keyin boshlangan. Qayd etilishicha, mahalliy aholi qurbonlar soni ancha ko‘pligini, yuzlab odamlar o‘z uylarini tark etganini aytmoqda. Tegina shahri yashovchisi Ibrohim Sani esa to‘qnashuvlarda 56 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot uchun, Nigeriyaning markaziy va shimoliy hududlarida dehqonlar hamda chorvadorlar o‘rtasidagi yaylovlar, yerdan foydalanish va boshqa resurslar bo‘yicha kelishmovchiliklar tez-tez qonli to‘qnashuvlarga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston nazoratidagi Kashmirda ikki haftaga yaqin davom etgan namoyishlar oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing