“Neftchi” tarixida ilk bor Superkubokni qo‘lga kiritdi
Sport
−
16 Mart 5043 1 daqiqa
Bugun, 15 mart kuni Andijondagi “Bobur Arena” stadionida Farg‘onaning “Neftchi” va Toshkentning “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Neftchi” 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Superkubok sohibiga aylandi.
Uchrashuvdagi yagona golni 17-daqiqada farg‘onaliklar yarim himoyachisi Ratino kiritdi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida tomonlar o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va o‘yin 1:0 hisobida vodiy jamoasi foydasiga yakunlandi.
Shu tariqa, Islombek Ismoilov qo‘l ostidagi “Neftchi” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 2025 yilgi Superkubok bahsida Qarshining “Nasaf” jamoasi zafar quchgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Neftchi” Superliganing 2025 yilgi mavsumida eng ko‘p ochko to‘plab, 24 yillik tanaffusdan so‘ng mamlakat chempioniga aylangan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr