Metroning yangi bekatlari ochilishi noma’lum muddatga qoldirildi
Jamiyat
−
25 dekabr 2019 8155 1 daqiqa
Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi hamda Yunusobod yo‘nalishi qurilishining ikkinchi bosqichi davom etmoqda.
Biroq loyiha qurilish me’yorlari va texnik talablar sababli joriy yilning 28 dekabrida ishga tushmaydi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qurilish maydonida qurilish uskunalarining ko‘payishi, yog‘ingarchiliksiz, havo ochiq bo‘lgan kunlarda ishni to‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida favqulodda vaziyat vujudga kelgan edi. Natijada 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqilib, ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr