Messi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi
Sport
−
10:14 2135 1 daqiqa
“Inter Mayami” jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi otasining vafotidan so‘ng klubdagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda “Todo Noticias” portali xabar berdi.
Messi bugun, 12 avgust kuni “Inter Mayami” bilan mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich davom ettirish uchun AQSHga qaytishi rejalashtirilgan. Biroq hujumchining qachon maydonga qaytishi hozircha aniq emas.
Joriy yilning 8 avgust kuni Lionel Messining otasi Xorxe Messi uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 68 yoshida Rosariodagi shifoxonada vafot etgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Doble Amarilla” nashri Messi “Inter Mayami”dagi futbolchilik faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatishga qaror qilgani haqida bergandi.
Futbolchi joriy yilning 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Meksikaning “Monterrey” jamoasiga qarshi (1:2) o‘yinni Argentinada otasi bilan vidolashuv marosimida qatnashgani sababli o‘tkazib yubordi.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Messi 2023 yildan beri “Inter Mayami” safida o‘ynab kelmoqda. Yevropada argentinalik futbolchi Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” va Ispaniyaning “Barselona” jamoalarida to‘p tepgan.
Live
Barchasi