Messi Argentina MTJ murabbiylar ştabiga kirişi mumkin
Sport
−
11:18 139 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi afsonasi Lionel Messi 2028 yilgi Amerika kubogida milliy jamoada maxsus ustoz vazifasini bajarişi mumkin. Bu haqda “Motivaciones Fútbol” portali xabar berdi.
Manbaga köra, rejaga binoan, Messi yoş futbolçilarga ustozlik qilib, maydonga tuşmagan holda ular bilan öz tajribasi va yetakçilik qobiliyatini bölişadi. Bu ğoya 2022 yilda Qatarda ötkazilgan Jahon çempionatida Argentina terma jamoasini tribunalardan qöllab-quvvatlagan Serxio Agueroning roliga öxşaşi aytilmoqda.
Ma’lumot uçun, 39 yoşli Messi milliy terma jamoadagi xayrlaşuv uçraşuvini joriy yilning 7 oktyabr kuni ötkazdi. Unda Argentina Beninni 3:0 hisobida mağlub etdi. Messi mazkur bahsda bir gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oşirdi.
Messi Argentina kattalar terma jamoasidagi debyutini 2005 yil 17 avgust kuni Vengriyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida ötkazgan. Şundan buyon u milliy jamoa bilan 2022 yilgi Jahon çempionati, 2022 yilgi Finalissima hamda 2021 va 2024 yillardagi Amerika kubogi ğolibi böldi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr