Meksika politsiyasi va gubernatorlarini nazorat qilgan narkobaron vafot etdi

Olam

−

image

Gvadalaxara karteli asosçisi Migel Anxel Feliks Galyardo 80 yoşida şifoxonada vafot etdi. 1989 yildan beri qamoqda saqlangan narkobaron elektron bilaguzuk işidagi nosozlik tufayli uy qamoğiga çiqa olmagan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Çöqintirgan ota” va “bosslarning bossi” nomlari bilan tanilgan Galyardo ona şahri Gvadalaxaradagi klinikada qamoqxona politsiyasi qöriqlovi ostida olamdan ötgan.

1980 yillarda u Meksika kartellarini Pablo Eskobar karteli bilan birlaştirib, jinoiy bozor qoidalarini özgartirib yuborgan. Uşbu alyans orqali AQŞga jami kokainning 80 foizigaça kirib borgan. Hokimiyati çöqqisiga çiqqan davrda Galyardo Meksika politsiyasi va gubernatorlarini nazorat qilgan, uning imperiyasidagi logistika uçun esa Sinaloa kartelining bölajak rahbari Xoakin “El Çapo” Gusman mas’ul bölgan.

Kartelning qulaşi 1985 yilda AQŞ Narkotiklarga qarşi kuraş boşqarmasi (DEA) agenti Enrike “Kiki” Kamarena öldirilganidan söng boşlangan. Şundan keyin AQŞning keng kölamli reydlari va 1989 yilda Galyardoning hibsga olinişi yuz bergan.

2022 yilda oğir xasta narkobaronni uy qamoğiga ötkaziş rejalaştirilgan, biroq elektron bilaguzuk buzilib qolgani sababli u hibsda qolgan. Uning hayot yöli Netflix’ning “Narkos: Meksika” serialiga asos bölgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing