Mbappening golini nişonlagan ota va öğil “Kamp Nou”dan çiqarib yuborildi

Sport

−

image

“Real Madrid” muxlisi va uning öğli Kilian Mbappening golini nişonlagani uçun “El-Klasiko” uçraşuvi vaqtida “Kamp Nou” stadionidan çiqarib yuborildi. Bahs haqida “A Bola” naşri xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, safar 18 yoşli yigit uçun tuğilgan kun sovğasi bölgan. Ota va öğil ikki çipta uçun 2800 yevro tölagan.
Uçraşuv boşlanişidan oldin stadion kirişidagi nazoratçilar ulardan “Real Madrid” futbolkalarini yeçişni talab qilgan. Sababi ularning çiptalari mezbon jamoa tribunalaridan bölgan.

Mbappe gol urganidan keyin ota va öğil örinlaridan turib, bir-birini quçoqlab quvonçini ifoda etgan. Şundan söng xavfsizlik xodimlari ularni stadiondan çiqarib yuborgan. Muxlisning aytişiça, ular mezbon jamoa işqibozlariga nisbatan heç qanday haqoratli yoki provokatsion harakat qilmagan.

Ota va öğil taksida uyga qaytayotganida uçraşuvning qolgan qismini telefon orqali tomoşa qilişga majbur bölgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 25 oktyabr kuni bölib ötgan “El-Klasiko” uçraşuvida “Real Madrid” Kilian Mbappening dubli evaziga 2:1 hisobida ğalaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing