“Makka kelishuvi”dan xavotirlanishimizga sabab yo‘q – Baqoiy
Olam
−
10 avgust 1980 2 daqiqa
Eron Tashqi ishlar vazirligi Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida imzolangan “Makka kelishuvi”da Tehronni xavotirga solishi mumkin bo‘lgan qoidalar yo‘qligini bildirdi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Baqoiy ma’lum qildi.
“Uch davlat – Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni bilan bizni chuqur diniy, tarixiy va sivilizatsion rishtalar bog‘lab turadi. Shuning uchun ushbu kelishuv Eronga qarshi qaratilganidan xavotirlanishimizga sabab yo‘q”, degan diplomat haftalik brifingda.
Baqoiy, shuningdek, Eronga qo‘shni bo‘lgan Turkiya va Pokiston xalqlari bilan do‘stona hamda madaniy aloqalar mavjudligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv mintaqadagi davlatlar xavfsizlikni ta’minlash masalasida AQSH va boshqa tashqi kuchlarning va’dalarigiga tayanib bo‘lmasligi haqida xulosaga kelganini ko‘rsatadi.
Mekka kelishuvi nimani nazarda tutadi?
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon hamda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif joriy yilning 7 avgust kuni Makkada 3 davlat o‘rtasidagi Mudofaa sohasida hamkorlik kelishuvini imzolagan.
Ma’lum qilinishicha, kelishuv hech bir davlatga qarshi qaratilmagan mudofaa hamkorligini nazarda tutadi. Hujjat mintaqaviy va xalqaro tinchlik, barqarorlik hamda farovonlikni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni kuchaytirishga qaratilgan.
Kelishuvga ko‘ra, 3 davlatdan biriga qilingan har qanday qurolli hujum uchala davlatga qarshi tajovuz sifatida baholanadi.
Shuningdek, hujjat 3 mamlakatning bir-biri xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashi, mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni rivojlantirishi va qurolli kuchlarning o‘zaro muvofiqligini oshirishini nazarda tutadi.
Live
Barchasi