Liftda quriliş materiallarini taşiş taqiqlanadi
Jamiyat
−
17:39 664 2 daqiqa
Endilikda Özbekistonda yölovçi liftlarida quriliş materiallari va çiqindilarini taşiş taqiqlanadi, liftlar dastlabki texnik körik natijasi ijobiy bölgan taqdirda, ikki iş kuni içida röyxatdan ötkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 oktyabr kuni qabul qilingan “Liftdan foydalaniş va unga texnik xizmat körsatiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi 588-soni qarorda keltirilgan.
Yangi tartibga köra, liftlarni röyxatdan ötkaziş, texnik xizmat körsatiş şartnomalarini tuziş va bekor qiliş, şuningdek, xizmat natijalarini kiritiş hamda saqlaş “Xavfsiz lift” yagona idoralararo elektron platformasi orqali amalga oşiriladi.
Liftlar vakolatli organ tomonidan bepul röyxatga olinadi. Dastlabki texnik körik natijasi ijobiy bölgan taqdirda, lift ikki iş kuni içida röyxatdan ötkaziladi va buyurtma beruvçiga QR-kodli ma’lumotnoma yuboriladi.
Lift kabinasining körinarli joyida uning identifikatsiya raqami va röyxatdan ötkazilgani haqidagi QR-kodli ma’lumot joylaştirilişi şart. Şuningdek, bino boşqaruvçisi va texnik xizmat körsatuvçi taşkilotning nomi, manzili hamda boğlaniş ma’lumotlari körsatilişi lozim.
Yölovçi liftida quriliş materiallari va çiqindilarini taşiş taqiqlanadi
Nizomga muvofiq, liftning yuk kötariş qobiliyatidan qat’i nazar, unda quriliş materiallari va quriliş çiqindilarini taşişga yöl qöyilmaydi. Bundan taşqari, lift ölçamlariga mos kelmaydigan buyum va jihozlar, portlovçi, tez alangalanadigan, radioaktiv hamda zaharlilik darajasi öta yuqori bölgan moddalarni taşiş ham taqiqlanadi.
Elektron platforma orqali sotib olinmagan va örnatilmagan liftlar hamda ehtiyot qismlardan foydalanişga ham ruxsat berilmaydi.
Örnatuvçi muomalaga çiqargan har bir lift uçun şu sanadan boşlab kamida uç yillik kafolat berilişi belgilangan. Kafolat davrida ta’mirlaş va qismlarni almaştiriş muddati 15 kundan oşmasligi kerak.
“Qizil” yorliqli liftdan foydalaniş taqiqlanadi
“Qizil” rangli ma’lumot yorliği bilan belgilangan liftdan foydalaniş taqiqlangan davrda unga texnik xizmat körsatilmaydi. Bu davr uçun xizmat körsatuvçi taşkilot bino boşqaruvçisidan har oylik texnik xizmat haqini talab qila olmaydi.
Şuningdek, texnik xizmat körsatuvçi taşkilotlar reyestriga kiriş onlayn xabar beriş orqali bepul amalga oşiriladi.
Live
Barchasi