Ayol adashib 1 kg oltinni chiqindiga tashlab yubordi (video)

Olam

image

Turkiyalik ayol ichida oltin bo‘lgan paketni chiqindi deb o‘ylab, uni adashib chiqindiga tashlab yubordi. Hozirda tegishli xizmatlar videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarni o‘rganmoqda. Bu haqda bugun, 27 iyun kuni IHA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiyaning Bursa shahrida istiqomat qiluvchi ayol ichida bir kilogramm oltin bo‘lgan paketni adashib chiqindiga tashlab yuborgan. Ushbu oltinlarning qiymati 6,13 million turk lirasini (133 ming dollardan ortiq) tashkil etadi va oila o‘zlariga uy sotib olish uchun ularni ko‘p yillar davomida yig‘ib kelgan.

Voqea Bursa viloyatining Akchalar mahallasida sodir bo‘lgan. Oltinlar yo‘qolgani payqab qolingach, oila politsiya va mahalliy kommunal xizmatlarga murojaat qilgan va ular qimmatbaho buyumlarni qidirishni boshlagan.

“Xotinim uy tozalayotganda paketni chiqindi deb o‘ylab, tashlab yuboribdi”, deydi oila boshlig‘i Sedair Kurnaz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chiqindi tashuvchi mashinalar axlatlarni olib ketishga ulgurganmi yoki paketni chiqindi tituvchilardan birortasi olib ketganmi, hozircha noma’lum.

Uning qo‘shimcha qilishicha, politsiya va kommunal xizmatlar sodir bo‘lgan voqeadan xabardor qilingan va hududdagi videokuzatuv kameralari yozuvlari sinchiklab o‘rganib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning Torre Lapillo shahrida erkak tasodifan 20 ta oltin quymasini chiqindiga tashlab yuborgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing