Lavrov Ukrainadan rus tiliga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişni talab qildi
Olam
−
10:35 590 2 daqiqa
Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina hukumatidan rus tilidan foydalanişga qöyilgan barça çeklovlarni heç qanday özaro yon berişlarsiz bekor qilişni talab qildi. Uning bildirişiça, til huquqlari siyosiy muzokaralar mavzusiga aylantirilmasligi kerak. Bu haqda vazir 21-Şarqiy Osiyo sammiti yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Lavrovning aytişiça, rus tiliga qöyilgan çeklovlar zudlik bilan bekor qilinişi lozim. U BMT Ustavi qoidalariga rioya qiliş taşkilotga a’zo barça davlatlarning majburiyati ekanini ta’kidlagan.
“Bularning barçasi zudlik bilan va heç qanday özaro yon berişlarsiz bekor qilinişi kerak”, degan Rossiya TIV rahbari.
Şuningdek, Lavrov Ukraina böyiça muzokaralar yakunlanguniga qadar til masalasini hal qilişni ortga suriş taklifiga ham qarşi çiqqan. Uning fikriça, BMT Ustavi talablarini muzokaralarda savdolaşuv mavzusiga aylantiriş mumkin emas.
Ma’lumot uçun, joriy yilning 7 noyabr kuni Ukraina davlat tilini himoya qiliş böyiça vakili Yelena Ivanovskaya Prezident ofisi rahbari Kirill Budanovga rus tilida gapirgani uçun jarima belgilagan edi. Bunga Budanovning Kiyev viloyatida 14 yoşli ösmir bilan rus tilida suhbatlaşgani sabab bölgan. Ivanovskayaning aytişiça, Budanov qoidabuzarlikni tan olgan va jarimani belgilangan muddatda tölaşga rozi bölgan.
11 noyabr kuni esa Budanov Rossiya, AQŞ va Ukraina örtasida Abu-Dabida ötkazilgan uç tomonlama muzokaralar yakunlari böyiça matbuot anjumanida yana rus tilida gapirgan. Ğarb naşrlaridan biri jurnalisti unga muzokaralar tafsilotlari haqida ingliz tilida savol bergan. Budanov savolni tuşunganini, ammo uni tarjima qilişlarini söragan va şundan söng rus tilida javob bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainada rus tilidagi barça madaniy mahsulotlarni, jumladan, qöşiqlarni jamoat joylarida ijro etiş va tarqatişni taqiqlaşga tayyorgarlik körilayotgani haqida xabar berilgan edi. Tegişli özgartirişlar davlat tili töğrisidagi hamda “Madaniyat töğrisida”gi qonunlarga kiritilişi mumkin.
Live
Barchasi