Koloniyadan yana bir mahkumning o‘ligi chiqdi
3-sahifa
−
18 fevral
11028Toshkent viloyatidagi 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkum halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 2025 yil 11 fevral kuni 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tagan mahkum Mustafo Tursinboyev bir qavatli binoning devorlarini buzayotgan vaqtida devor qismi qulab, bosib qolgan.
Mahkum Tursinboyev zudlik bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan mahkum 16 fevral kuni shifoxonada vafot etgan.
“Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamentining Olmaliqdagi 14-sonli koloniyasidan 21 yashar mahkum Muhammadqodir Po‘latovning jasadi chiqqandi. Mazkur holat yuzasidan Ombudsman tomonidan Bosh prokuraturaga murojaat yuborildi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

