Qo‘riqlash departamentiga boshliq tayinlandi
O‘zbekiston
−
29 Noyabr 2025 7402 1 daqiqa
Polkovnik Qobil Odilovich Shodibekov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Tayinlovga qadar Shodibekov Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdumalik Abdusalimovich Nazirov “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr