Qozog‘istonda umummilliy motam e’lon qilindi
Olam
−
20:26 5734 2 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Mang‘istau viloyatida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar chog‘ida harbiy xizmatchilarning halok bo‘lishi munosabati bilan mamlakatda umummilliy motam e’lon qildi. Bu haqda Oqo‘rda xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston rahbarining farmoyishi bilan Mang‘istau viloyatida xizmat burchini bajarish chog‘ida harbiy xizmatchilarning halok bo‘lishi munosabati bilan 2026 yil 25 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasida umummilliy motam e’lon qilingan.
Mang‘istaudagi fojia
Bugun, 24 sentyabr kuni Mang‘istau viloyatida Qozog‘iston Qurolli kuchlari Harbiy-deңgiz kuchlari tomonidan o‘quv-jangovar topshiriqni bajarish vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik sharoitning keskin yomonlashishi va shamolning kuchayishi sababli harbiy xizmatchilarni dengizga oqizib ketgan.
Mudofaa vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, dengizga 19 nafar harbiy xizmatchi oqib ketgan. Hozirgi vaqtda 9 nafar harbiy xizmatchining halok bo‘lgani qayd etilgan. Bosh prokuratura Oqtov garnizonidagi mashg‘ulotlar chog‘ida harbiy xizmatchilarning halok bo‘lishi fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov olib borilayotganini ma’lum qilgan. Harbiy xizmatchilar halok bo‘lganidan so‘ng hukumat komissiyasi tuzilgan, vojia joyiga Bosh vazir o‘rinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan.
Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Mang‘istau viloyatida harbiy xizmatchilarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Oqtovda Shahar kuni munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan.
Live
Barchasi