Qozoğistonda davlat töntarişining oldi olindi
Olam
−
21:17 1713 1 daqiqa
Joriy yilning 30 oktyabr kuni Atrauda Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari ekstremistik guruh tuziş, unga rahbarlik qiliş va unda iştirok etişda gumonlangan 10 kişini qölga oldi. Bu haqda Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, qölga olingan terrorizmni tarğib qiliş va diniy adovatni qözğatişda ham gumonlanmoqda.

“Tergov talqiniga köra, jinoiy guruh a’zolari Qozoğistonning ğarbiy mintaqasida konstitutsiyaviy tuzum asoslarini zöravonlik bilan özgartirişni maqsad qilgan. Gumonlanuvçilarning yaşaş joylarida ötkazilgan tintuv çoğida öqotar qurollar, giyohvandlik moddalari, diniy atributlar, adabiyotlar va boşqa aşyoviy dalillar musodara qilindi”, deya xabar berdi idora.

Şuningdek, idora xodimlari guruh iştirokçilari tomonidan taşkil etilgani aytilayotgan bolalar va ösmirlar uçun uçta yaşirin öquv markazi faoliyatiga çek qöygan. Ba’zi gumonlanuvçilar avvalroq ham terroristik va umumiy jinoyatlar uçun sudlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2016 yil 15 iyuldagi davlat töntarişiga uriniş vaqtida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga suiqasd uyuştirişda iştirok etganlikda ayblanayotgan, xalqaro qidiruvda bölgan B.K. ismli şaxs qölga olingandi.
Live
Barchasi