“Qaynsinglim iltimos qilgandi...” Giyohfurushlik qilgan ayol qo‘lga tushdi (video)
Jamiyat
−
14 dekabr 2019
6711Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar organlari hamkorligida tashkil etilgan tezkor tadbir natijasida 650 gramm marixuanna giyohvandlik vositasi aniqlanib, mazkur ishda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olingan.
2019 yilning 28 oktyabr kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumanida Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan Muhayyo ismli shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Aliyev Xudoyberdiga yashil rangli o‘tsimon moddani berayotganida qo‘lga olingan.
“Men hech kimdan pul olmagandim. Qaynsinglim bitta bolaga berib qo‘yishni iltimos qilgandi. Kichkina cho‘p, propnik deb aytishgandi menga. Olib borib beraman, xo‘p degandim...”, - deydi ayol.
Toshkent shahar IIBB ekspert-kriminalistikasining xulosasiga ko‘ra, Aliyevdan olingan o‘tkir hidli o‘tsimon modda marixuanna giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng Aliyevningning Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan uyida tintuv tergov harakati olib borilgan. Uning xonadonida 121 ta quritilgan va gugurt qutilariga solingan nasha borligi aniqlangan.
Bundan tashqari, u o‘z hovlisida bo‘yining balandigi 230 sm bo‘lgan bir to‘p nasha o‘simligi yetishtirib kelayotgani fosh etilgan.
Sarvar Rahimov
LiveBarchasi