Ijara uyida narkotik tayyorlagan yigit ushlandi (video)

Jamiyat

−

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida giyohvandlik vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullangan 22 yoshli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sergeli tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2004 yilda tug‘ilgan shaxs ushlangan. Uning vaqtincha yashab turgan xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Aniqlanishicha, u internet orqali tanishgan noma’lum shaxsning topshirig‘iga ko‘ra, giyohvandlik vositasini tayyorlash bilan shug‘ullangan. Gumonlanuvchi suyuqlik ko‘rinishidagi moddani olib kelgani va uni maxsus apparat yordamida qizdirib, quritishi kerakligi aytilganini ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, shishadagi suyuqlikni olib kelgan va mazkur apparat yordamida uni qizdirish hamda quritish kerakligi aytilgan. Shuningdek, gumonlanuvchi huquq-tartibot xodimlari tomonidan to‘xtatilgani, shundan so‘ng giyohvandlik moddasi saqlangan sumkani ularga topshirgani va tayyorlash joyining manzilini ko‘rsatganini bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IIO xodimlari uni to‘xtatib, shaxsiga aniqlik kiritgan. Shundan so‘ng, u laboratoriya, ya’ni giyohvandlik moddalari tayyorlangan joyning lokatsiyasini ko‘rsatgan va narkotik moddalar solingan sumkani ularga topshirgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Mazkur modda bo‘yicha sud hukmiga ko‘ra, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

“Hozirgi yoshlardan so‘rab qolardim: iloji bo‘lsa, bu narsaga aralashmaslikni, iloji bo‘lsa, bu narsani iste’mol ham qilmaslikni so‘rayman”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanida fuqaroning xonadonidan 1 kilogramm “marixuana” giyohvandlik vositasi topilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing