Isroilda 12 yil ichida ilk bor Bosh vazir o‘zgardi
Olam
−
14 Iyun 2021 9150 1 daqiqa
Isroil parlamenti — Knesset ko‘pchilik ovoz bilan yangi hukumatni tasdiqladi. Bu haqda mamlakat parlamenti saytida xabar berilgan.
“Knesset ko‘pchilik ovoz bilan Naftali Bennet boshchiligidagi 36-hukumat tuzilishini ma’qulladi”, deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, 60 nafar deputat yangi hukumatga ovoz bergan, 59 nafari qarshi bo‘lgan. Yangi hukumat rahbari qasamyod qilib ulgurgan. Bennett 12 yil davomida ushbu lavozimni egallagan Binyamin Netanyaxuning o‘rniga Isroil Bosh vaziri etib tayinlangan.
Avvalroq, Yahudiylar agentligi (“Sohnut”) rahbari Isxak Gersog Isroil Prezidenti etib saylangani haqida xabar bergandik.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr