Futboldagi ofsayd qoidasiga o‘zgartirish kiritiladi
Sport
−
01 Iyul 2023 8081 1 daqiqa
FIFA va Xalqaro futbol assotsiatsiyasi uyushmasi (IFAB) futboldagi o‘yindan tashqari holat (ofsayd) qoidalariga o‘zgartirish kiritmoqchi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur o‘zgarish hujumkor o‘yinni rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, endilikda hujum qilayotgan o‘yinchining tana qismi oxirgi himoyachi bilan bir chiziqda tursa, o‘yindan tashqari holat qayd etilmaydi.
Shuningdek, hujumdagi futbolchining butun tanasi raqib himoyachisidan oldinda bo‘lsa, bu holatda ofsayd rasmiylashtiriladi.
Dastlab bu qoida Italiya, Shvetsiya va Niderlandiyada qo‘llanilishi ma’lum qilingan.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr