Fayzullayev SSKA safiga borib qo‘shildi
Sport
−
14 fevral
5548Osiyo kubogi yakunlanganidan so‘ng biroz muddat ta’tilga chiqqan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev bo‘lajak o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ayni paytda Turkiyada bo‘lib turgan klubiga borib qo‘shildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Belek shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan Moskvaning SSKA klubi 3 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mazkur yig‘inda Fayzullayev ham ishtirok etadi.
Moskvaliklar 16 fevral kuni “Rodina”, 20 fevralda “Ximki” va 24 fevral kuni esa hamshaharlari “Dinamo” bilan bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayevni “Bavariya” skautlari kuzatib borayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, 20 yoshli futbolchining agenti mijoziga nemis klubi qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga izoh bergandi.
LiveBarchasi