Eronda yirik sulolaning markazi bo‘lgan bino jiddiy zarar ko‘rdi (fotoreportaj)

Olam

image

UNESCO’ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Tehrondagi tarixiy Guliston saroyi Isroil va AQSHning Eronga uyushtirgan hujumlari oqibatida jiddiy zarar ko‘rdi. QALAMPIR.UZ 400 yillik tarixga ega Gulistonning urushdan oldingi va hozirgi holati aks etgan fotoreportajni taqdim etadi.

Majmua yaqinida joylashgan sud tizimiga qarashli bino hamda politsiya bo‘limi atrofida sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida saroy binosining derazalari singan, tashqi devorlarining ayrim qismlariga zarar yetgan.

18-asrdan boshlab Qajarlar sulolasining ma’muriy markazi bo‘lib xizmat qilgan Guliston saroyi murakkab me’morchiligi va bezaklari bilan mashhur bir nechta tarixiy zallardan iborat. 

Hujum oqibatida majmuaning birinchi qavatida joylashgan Marmar taxt zalida 1750 yillarga oid shift bezaklarining ayrim qismlari tushib ketgani aniqlangan. Hovliga qaragan derazalar sinib ketgan, pol qoplamasining ayrim joylari ham jiddiy shikastlangan.

Shuningdek, o‘zining nozik bezaklari bilan mashhur Ko‘zgu zali ham zarar ko‘rgan. Zalning barcha tashqi oynalari sinib ketgan, shift bezaklariga ham katta shikast yetgan.

Majmuaning oldingi holati.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing