Erkinjon Turdimovga biriktirilgan hokimiyat organlari va tashkilotlar ma’lum bo‘ldi (ro‘yxat)

Jamiyat

−

image

Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari uchun mas’ul bo‘lgan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga biriktirilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqdagi ro‘yxat Prezident joriy yilning 9 oktyabr kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda keltirilgan.

Farmon ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish, ularning natijadorligini ta’minlash, shu jumladan, ta’lim va ilm-fan tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida imzolangan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – Ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritiladi;
  • 12 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilinadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatining:

  • 5 ta shtat birligi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi hisobidan;
  • 7 ta shtat birligi qayta tashkil etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllantiriladi.

Bundan tashqari, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – Ta’lim va ilm-fan vaziriga quyidagi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar biriktiriladi:

Shu bilan birga, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – Ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi.

Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – Ta’lim va ilm-fan vazirining funksional vazifalari va uning kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qiladi.

Ushbu farmonning ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birlashtirilib, Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilgan edi va unga Erkinjon Turdimov rahbar etib tayinlangandi. Shuningdek, bugun, 12 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev nega Erkinjon Turdimovni Ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlagani haqida gapirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing