Endi fuqarolar o‘z murojaatlarini mustaqil nazorat qila oladi (video)

Jamiyat

image

Fuqarolarga murojaatlarining ko‘rib chiqilish jarayonini kuzatish va berilgan javobdan qoniqmagan taqdirda uni qayta ijroga yuborish imkonini beruvchi yangi xizmat ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Prezident Xalq qabulxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda murojaatlar bo‘yicha SMS-xabarnoma xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Endilikda murojaatning har bir bosqichi haqida fuqaroga pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabineti hamda SMS orqali ma’lumot berib boriladi.

SMS-xabarnomada murojaatga oid maxsus havola bo‘ladi. Fuqaro ushbu havola orqali o‘z shaxsiy kabinetiga kirib, murojaatining ko‘rib chiqilish jarayonini kuzatishi mumkin.

Murojaat o‘rganilib, unga javob berilgach, fuqaroning pm.gov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga maxsus havolaga ega SMS yuboriladi. Fuqaro havola orqali javob bilan tanishib, unga munosabat bildirishi mumkin.

Agar fuqaro javobdan qoniqsa yoki muammosi hal etilgan bo‘lsa, “Roziman” tugmasini bosadi. Aksincha, javobdan norozi bo‘lsa yoki masala ijobiy hal etilmagan deb hisoblasa, “E’tirozim bor” tugmasini tanlaydi. Bunday holatda murojaat qayta ijroga yuborilib, yana ko‘rib chiqiladi.

Yangi tartib murojaatlarni kuzatishni 5 bosqichga ajratadi: fuqaro SMSdagi havola orqali shaxsiy kabinetiga kiradi, murojaat holatini kuzatadi, javob tayyorlangach SMS oladi, javob bilan tanishadi va yakunda unga roziligi yoki e’tirozini bildiradi.

Bu tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini fuqarolarning o‘zi tomonidan nazorat qilish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing