Chorvoqda cho‘kib ketganlardan birining jasadi topildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 sentyabr kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Burchmulla” MFY hududidagi Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafar fuqaro (ota va 2 nafar o‘g‘il)lardan birining jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3 nafar fuqaro katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib himoya nimchasiz suvga tushib cho‘kib ketgan. Xabar kelib tushgan zahoti FVV g‘avvos-qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib, qidiruv ishlarini boshlagan.

Shuningdek, qidiruv ishlari ko‘lamining kengligi va suv omborining chuqurligini inobatga olib, hodisa joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri topshirig‘iga asosan shtab faoliyati tashkil etilib, qo‘shimcha ravishda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan qo‘shimcha kuchlar jalb etilgan. Shu bilan birga, qidiruv ishlarida barcha zarur texnika va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanilmoqda.

“Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun soat 13:02 da cho‘kib ketgan fuqarolardan birining jasadi topildi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zi nima bo‘lgan edi?

Joriy yilning 2 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan bir oila katerda suv bo‘ylab sayr qilgan va suratga tushish maqsadida cho‘milish taqiqlangan hududda to‘xtagan. Keyinchalik ular shu joyning o‘zida cho‘milishga qaror qilgan. Aytilishicha, cho‘milish vaqtida ular qutqaruv nimchalaridan foydalanmagan. Katerni boshqarib kelgan haydovchi fuqarolarga suvga tushishdan avval qutqaruv nimchalarini kiyishni tavsiya qilgan, biroq uning tavsiyasiga rioya qilinmagan.

Suvga tushgan birinchi bola oyog‘ining tomiri tortib qolgan. Shundan so‘ng otasi uni qutqarish uchun suvga tushgan. Keyin yana bir o‘g‘il suvga kirgan. Shu tariqa ota va uning ikki o‘g‘li ketma-ket cho‘kib ketgan. Shuningdek, hodisa sodir bo‘lgan hududda shamol bo‘lib turgan, suvda ozgina to‘lqin hosil bo‘lgan. O‘sha jarayonda cho‘kish holati yuz bergan. Hodisa vaqtida katerda ayol va yana ularning bir singlisi ham bo‘lgan. Ular atrofdagilardan yordam so‘ragan. Kater haydovchisi ham suvga tushib, ularni qutqarishga uringan, biroq buning imkoni bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing