Bugun Isroil Madrimov WBC kamari uchun ringga ko‘tariladi
Sport
−
22 fevral
18227Bugun, 22 fevral kuni Saudiya Arabistonida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov yarim o‘rta vazn toifasi WBC vaqtinchalik chempion kamari uchun amerikalik Verjil Ortisga qarshi ringga chiqadi.
Mazkur kecha markaziy jangida birinchi og‘ir vazn toifasi mutlaq chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev hamyurti, asosiy da’vogar Dmitriy Bivoldan kamarlarini himoya qiladi. Yarim o‘rta vazn toifasi vakillari Isroil Madrimov va Verjil Ortis jangi vaqtinchalik WBC kamari uchun o‘tkaziladi. Ushbu jang taxminan Toshkent vaqti bilan 23:40 dan so‘ng boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Beterbiyev va Bivol oldin ham to‘qnash kelgan, aniqrog‘i 2024 yilning 12 oktyabr kungi ilk jangda Artur Beterbiyev Dmitriy Bivolni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etib, birinchi og‘ir vazn toifasi mutlaq jahon chempioniga aylangandi.
Madrimov esa so‘nggi jangini 2024 yilning 3 avgustida o‘tkazgan va o‘shanda dunyo boks afsonasi, mag‘lubiyatsiz bokschi Terens Kroufordga ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 21 fevral kuni Madrimov va Ortis jang oldi “face-to-face” marosimida ishtirok etgandi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart