Bugun G7 yetakchilari sammit o‘tkazadi

Olam

image

Bugun, 6 noyabr kuni kechqurun Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida G7 onlayn sammitiga mezbonlik qiladi, unga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham taklif qilingan. Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"6-sana oqshomida Bosh vazir Fumio Kisida G7 raisi sifatida “Katta yettilik” yetakchilari o‘rtasida onlayn muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uchrashuv boshlanishida G7 yetakchilaridan tashqari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etadi", deydi u. 

Matsunoning aytishicha, G7 yetakchilari “xalqaro hamjamiyat oldida turgan muhim masalalar”, jumladan, Ukraina, Yaqin Sharqdagi vaziyat va sun’iy intellekt bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuvning aniq vaqti aytilmagan. Prezident Jo Baydenning Oq uy tomonidan e’lon qilingan jadvaliga ko‘ra, G7 yetakchilarining videokonferensiyasi AQSHning Sharqiy qirg‘oqlari vaqti bilan 09:30 (Toshkent vaqti bilan 19:30) ga belgilangan. Amerika tomoniga ko‘ra, maslahatlashuvlar yopiq eshiklar ortida o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil G7'ga Yaponiya raislik qilmoqda. “Katta yettilik” sammiti may oyida Xirosimada bo‘lib o‘tgan va unda ham Zelenskiy ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Vladimir Zelenskiy G7

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made