Argentina Kosta-Rikani yirik hisobda mağlub etdi

Sport

−

image

Bugun, 18 noyabr kuni Argentina terma jamoasi örtoqlik uçraşuvida Kosta-Rika ustidan işonçli ğalabaga erişdi. Messi terma jamoadan ketganidan söng ikkinçi uçraşuvni ötkazgan argentinaliklar bahsi 7:0 hisobida yakunlandi.

Ğoliblar safida Nikolas Pas, Xulian Alvares va Franko Mastantuono dubl qayd etdi. Aleksis Makallister ham öz nomiga bitta gol yozdirib qöydi. Uçraşuvda hisob 8-daqiqada oçildi. Nikolas Pas Enso Fernandesning uzatmasidan keyin darvozani işğol qildi. 35-daqiqada Xulian Alvares Agustin Guayning pasidan söng farqni oşirdi.

39-daqiqada Pas Maksimo Perronening uzatmasini golga aylantirib, dubl qayd etdi. 43-daqiqada esa Alvares Janluka Prestiannining pasidan keyin hisobni 4:0 ga yetkazdi.

Ikkinçi bölimda ham argentinaliklar ustunlikni saqlab qoldi. 48-daqiqada Franko Mastantuono Perronening uzatmasidan keyin çiroyli gol urdi.

78-daqiqada Aleksis Makallister hisobni 6:0 körinişiga keltirdi. 89-daqiqada esa Mastantuono Juliano Simeonening uzatmasidan keyin ikkinçi golini kiritib, uçraşuvga yakun yasadi.

Şu tariqa, Argentina terma jamoasi Messisiz ilk ğalabasini qölga kiritdi. Bunda oldingi uçraşuvda Lionel Skaloni şogirdlari Urugvayga 2:1 hisobida mağlubiyatga uçragandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing